16:33 / 02.12.2019
0
5547

Onlayn auksionda 2,8 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi

Foto: KUN.UZ

2019 yilning 25 noyabr 1 dekabr kunlari “O‘zRTXB” AJda 1,04 trln so‘mlik bitimlar tuzildi, bu avvalgi haftadagi natijaga nisbatan 15,3 foizga yuqori. 

Kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 10,4 foizga o‘sib, 453,0 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Birja savdolarining hajmi 756,1 mlrd so‘mdan 921,8 mlrd so‘mga oshdi. Valuta savdo maydonchasi orqali deyarli 6,8 mln AQSh dollarga teng tovarlar sotildi, bu avvalgi haftadagi natijaga nisbatan 3 marotaba ko‘p. Eksportning tarkibida polietilenning turli markalari 72 foizga va suyultirilgan gaz 28 foizni egallashdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 644ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,8 mlrd so‘mni tashkil qildi. Savdolar natijasida bitimlarning 18,2 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 43,2 foizi ikkinchi va 38,7 foizi uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top