21:30 / 02.12.2019
0
13090

Osiyo futbolining eng yaxshilari taqdirlandi. Son Hyon Min ham ular orasida

Hongkongda Osiyoning eng yaxshi futbolchilari va murabbiylarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Qatar milliy jamoasi va «As-Sadd» klubining hujumchisi Akrom Afif Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Janubiy Koreya milliy jamoasi va «Tottenhem» klubi hujumchisi Son Hyon Min Osiyo milliy jamoalarining eng yaxshi futbolchisi tanlovida g‘olib chiqdi.

Janubiy Koreya milliy jamoasi va «Valensiya» klubining 18 yoshli futbolchisi Li Kan In qit'aning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘ldi.

Yaponiya ayollar milliy jamoasi va «Lion» ayollar klubi futbolchisi Saki Kumagai Osiyoning eng yaxshi ayol futbolchisi deb topildi.

Yaponiyalik Tomoki Yosikave Osiyoning eng yaxshi futzalchisi bo‘ldi.

Janubiy Koreya milliy jamoasi ustozi Chan Yun Yon eng yaxshi murabbiy tanlovida g‘alaba qozondi.

Yaponiya milliy jamoasi ustozi Asako Takakuru esa eng yaxshi ayol murabbiy bo‘ldi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top