07:40 / 02.12.2019
1
17660

Savdo qoidalarini juda ko‘p miqdorda buzgan fuqarolar va mansabdorlar qancha jarima to‘lashi ma'lum bo‘ldi

Foto: Shutterstock

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi.

Muhokama uchun joylashtirilgan qonun loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 164-moddasiga (Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi:

quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldiriladi:

“Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini juda ko‘p miqdordagi qiymatda buzish, –

fuqarolarga eng kam ish haqining o‘ttiz baravaridan (6 690 000 - tah.) ellik baravarigacha (11 150 000), mansabdor shaxslarga esa – sakson baravaridan (17 840 000) yuz baravarigacha (22 300 000) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;

to‘rtinchi – yettinchi qismlar tegishincha beshinchi – sakkizinchi qismlar deb hisoblanadi;

sakkizinchi qism quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Ancha miqdor deganda bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha bo‘lgan doiradagi, ko‘p miqdor deganda, bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha bo‘lgan doiradagi, juda ko‘p miqdor miqdor deganda esa, bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravari va undan ortiq bo‘lgan miqdor tushuniladi”.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top