19:50 / 02.12.2019
0
12694

Turkiya Rossiyaning Su-35 bo‘yicha taklifini o‘rganmoqda

Turkiya Rossiyaning Su-35 qiruvchi samolyotlari xususiyatlarini diqqat bilan o‘rganmoqda, dedi mamlakat prezidenti ma'muriyati huzuridagi mudofaa sanoati kotibiyati rahbari Ismoil Demir.

"Biz Rossiya tomonining Su-35 bo‘yicha taklifini o‘rganmoqdamiz. Biror xulosa chiqarishga hali erta. Shubhasiz, Turkiya o‘z manfaatlariga javob beruvchi texnologiya va qurollarni sotib oladi. Ammo Su-35 sotib olayotganimiz haqida gapirishga hali erta. Oldinda batafsil tahlil turibdi", - dedi Demir. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Turkiyaning AQShning F-35 qiruvchi samolyotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha dasturdagi ishtiroki saqlanib turibdi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an sentabr boshida MAKS-2019 aviasaloniga tashrif buyurgandi. U o‘shanda Su-35 va Su-57 qiruvchi samolyotlariga qiziqish bildirgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top