20:45 / 04.12.2019
0
17851

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Surxondaryoda tizimda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishmoqda  

Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan, general-mayor Azizbek Ikramov ishni hududlarni va u yerda xizmat olib borayotgan xodimlarning shart-sharoitlarini o‘rganishdan boshladi. Shu maqsadda u dastlabki tanishuvni Toshkent shahar IIBB YHXBda o‘tkazgan edi.

Shu kunlarda esa u Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati.

 Vazir o‘rinbosari viloyat ichki ishlar organlarining turli soha vakillari bilan bevosita ular xizmat olib borayotgan hududlarda uchrashuvlar o‘tkazib, suhbatlar tashkil qilmoqda. 

 -Prezidentimiz xalqimizning osoyishtaligini, xavfsizligini ta'minlashni bizga ishonib topshirgan. O‘z navbatida mehnatkash xalqimiz ham bizdan shuni istaydi. Bu juda katta sharafdir.-dedi vazir o‘rinbosari, general-mayor A.Ikramov viloyat IIB YHXB xodimlari bilan o‘tkazilgan suhbatda.- Bu sharafli vazifani qay tarzda bajarayotganimizga bahoni ham xalqimiz beradi. Shunday ekan har bir xodim o‘z ishiga mas'uliyat bilan yondoshishi, o‘z ustida ishlashi, siyosiy, ijtimoiy bilim darajasini yuksaltirishi, muomala madaniyatiga qat'iy amal qilishi shart. Vazirlik rahbariyati sizlardan shuni talab qiladi.

 Xuddi shu kabi uchrashuvlar viloyat IIB PPX va JTSB, maxsus vazifalarni bajaruvchi otryad, Termiz shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi boshqarmalarida ham o‘tkazildi.

 Shuningdek, vazir o‘rinbosari endilikda eskicha usullarda ishlab bo‘lmasligini alohida ta'kidlab o‘tdi. 

“Kamchiliklarga yo‘l qo‘yadigan, odamlarni sarson qilib, ularning noroziligini keltirib chiqaradigan, siyosiy va ijtimoiy dunyo qarashi past, saviyasiz, siyosiy dunyoqarashi tor, qolaversa madaniyatsiz xodimlarga saflarimizda o‘rin yo‘q, deb qat'iy fikr bildirdi”, u.

Vazir o‘rinbosari xodimlarning maxsus kiyim-boshlariga, orastaliklariga ham e'tibor qaratib, o‘zining tanqidiy fikrlarini bildirdi.

Vazir o‘rinbosarining viloyat bo‘ylab safari davom etmoqda. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top