18:20 / 04.12.2019
1
13810

Liga Kubogi finalida 6ta gol urgan «Paxtakor» «oltin het-trik» qayd etdi

Ilk marta tashkil etilgan O‘zbekiston Liga Kubogida final o‘yini yakunlandi.

Final uchrashuvida Toshkentning «Paxtakor» klubi Olmaliqning OKMK jamoasini qabul qildi va 6:2 hisobida g‘alaba qozonib kubokni qo‘lga kiritdi. Dragan Cheran va Doston Hamdamov ikkitadan, Igor Sergeyev va Hojiakbar Alijonov bittadan gol urishdi.

Shu tariqa «Paxtakor» mavsumdagi uchinchi sovrinini qo‘lga kiritdi. Shota Arveladze jamoasi bunchaga O‘zbekiston chempionati va mamlakat kubogini ham qo‘lga kiritgandi.

O‘zbekiston Liga Kubogi
Final
«PAXTAKOR» — OKMK 6:2

Gollar: Sergeyev (5), Cheran (42, 67), Hamdamov (50, 55), Alijonov (78) — Umarov (64), Toshmatov (86).
«Paxtakor»: Sanjar Quvvatov, Hojiakbar Alijonov, Sherzod A'zamov, Yegor Krimets (Marko Simich, 58), Farrux Sayfiyev, Sardor Sobirxo‘jayev, Humoyun Eminov, Doston Hamdamov (Shoxruh Mahmudhojiyev, 78), Dragan Cheran, Jaloliddin Masharipov, Igor Sergeyev.
OKMK: Suhrob Sultonov, Akmal Shorahmedov, Igor Zonich, Bobur Yo‘ldoshev (Rasul Yo‘ldoshev, 63), Sardor Rahmonov, Mirg‘iyos Sulaymonov, Erkin Boydullayev, Jasur Umarov, Zohir Pirimov, Elguja Grigalashvili (Murod Toshmatov, 58), Zafar Polvonov (Jasur Hakimov, 78).

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top