17:47 / 04.12.2019
0
10889

Metroning Yunusobod yo‘nalishidagi ikkinchi tunnelda burg‘ilash ishlari yakunlandi

Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari

«O‘zbekiston temir yo‘llari» tasarrufidagi «Toshkent metropoliteni» unitar korxonasining Yunusobod yo‘nalishida olib borilayotgan yangi yer osti qurilish liniyalarining ikkinchi tunnelida burg‘ilash ishlari yakuniga yetkazildi.

Hozirgi kunda Yunusobod liniyasining o‘ng tunnelida burg‘ilash ishlari tugatilib, mavjud bo‘lgan «Shahriston» bekati bilan ulash ishlari boshlab yuborildi.

Muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini sozlash, mavjud bo‘lgan «Shahriston» hamda qurilayotgan «Turkiston» va «Yunusobod» bekatlarini birlashtirish, shuningdek, temir izlarini yotqizish ishlari davom ettirilmoqda. 

Qayd etilishicha, bugungi kunga kelib, ushbu qurilish loyihasi doirasida amalga oshirilgan umumiy ish hajmining 90 foizdan ortig‘i bajarildi. Qurilish belgilangan jadvalga muvofiq amalga oshirib kelinmoqda va joriy yil oxiriga qadar «Turkiston» bekatiga sinov tariqasida poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. 2020 yilda esa yo‘lovchilar uchun poyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top