08:32 / 04.12.2019
0
14675

Sanitar aviatsiya shaklida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi ma'lum bo‘ldi

Foto: iStock

O‘zbekistonda sanitar aviatsiya shaklida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi e'lon qilindi. Tegishli hujjat muhokama uchun joylashtirilgan.

Sanitar aviatsiya shaklida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tartibiga ko‘ra, shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishda sanitar aviatsiya (samolyot va vertolyot)dan foydalanishda Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamkorligida aviatsiya xizmatlarini xarid qiladi va Respublika tez tibbiy yordam koordinatsion dispetcherlik xizmati buyurtmasi asosida amalga oshiriladi.

Sanitar aviatsiya (samolyot va vertolyot)dan foydalanishdan maqsad buyurtma asosida shoshilinch holatlarda bemorlarga tezkor yordam berish, bemorlarni transportirovka qilish.

Sanitar aviatsiya (samolyot va vertolyotdan foydalanib) shaklida shoshilinch tibbiy yordam berish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 oktyabrdagi 3973-sonli qarori va Sog‘liqni saqlash vazirligi bo‘yrug‘i asosida olib boriladi.

Asosiy vazifasi:

sanitar aviatsiya (samolyot va vertolyot)dan foydalanib shoshilinch tibbiy yordam xizmatini tashkil qilish;

favqulodda vaziyatlarda tibbiy kuch va jihozlarni favqulodda vaziyatlar hududiga olib borish va bemorlarni evakuatsiya qilish;

bemorlarni zarur tibbiy muassasalariga transportirovka qilish.

Sanitar aviatsiya (samolyot va vertolyot)dan foydalanish, favqulodda vaziyatlarda bemorlarga shoshilinch yordam zarur holatlarda (maqsadli) Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning viloyat filiallari qoshidagi tez tibbiy yordam xizmati bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamkorligida amalga oshiriladi.

Sanitar aviatsiya (samolyot va vertolyot)da uchuvchi mutaxassislarning mehnat sharoiti va xavfsizligi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarida o‘rnatilgan tartib asosida amalga oshiriladi va baxsiz hodisalar bo‘yicha sug‘urtalanadi.

Sanitar aviatsiya samolyot va vertolyotda uchuvchi mutaxassislar kerakli tasdiqlangan tibbiy hujjatlar bilan taminlanishi kerak.

Sanitar aviatsiya samolyot va vertolyotda uchuvchi mutaxassislarning ish haqi asosiy ish joyidan to‘lanadi.

Favqulodda vaziyatlarda jalb etilgan mutaxassislarning o‘zaro doimiy aloqada bo‘lishi (favqulodda vaziyatlar oqibatidagi zarar bo‘yicha malumot qabul qilishlari va ma'lumot yuborishlari) talab qilinadi.

Sanitar aviatsiya (samolyot va vertolyot)dan foydalanib, shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda olib boriladi.

Hisobotlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning filiallari qoshidagi tez tibbiy yordam xizmati tomonidan to‘ldiriladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top