13:09 / 05.12.2019
0
9541

Toshkentda uyidan qochib ketayotgan maktab o‘quvchilari ota-onalariga topshirildi

Foto: IIV axborot xizmati

Toshkentda uyidan qochib ketayotgan maktab o‘quvchilari ota-onalariga topshirildi. Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, Shayxontohur tumanidagi «Katta hovuz» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Ichki ishlar vazirligining Transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasi yo‘lovchi poyezdlarini kuzatish bo‘yicha 2-guruh bataloni xodimlari – Murod Rahimov va Dilmurod Mirzaahmedovning tezkor va yuqori professional xizmati uchun minnatdorlik bildirib, sohaviy xizmat rahbariyati murojaat qilgan. 

Shu yilning 31 oktabr kuni Toshkent – Xojikent yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdida ikki nafar voyaga yetmagan shaxsning kattalar nazoratisiz Xojikentga ketayotganligi bu yerda xizmat olib borayotgan xodimlarning e'tiborini tortgan. Xodimlarning hushyorligi, e'tibori va tezkor harakati tufayli uyidan qochib ketgan maktab o‘quvchilari O.Q. va M.A. yashash joyiga olib borilib, ota-onalariga topshirildi. 

Namunali xizmatlari uchun Murod Rahimov va Dilmurod Mirzaahmedov IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasi tomonidan rag‘batlantiriladigan bo‘ldi, deyiladi xabarda. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top