21:30 / 06.12.2019
0
7732

«Yangi Soliq kodeksi qabul qilinishi har qanday investorni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan» - Mubin Mirzayev

Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi loyihasining avvalgisidan farqlariga to‘xtaldi.

«Yangi Soliq kodeksi qabul qilinishining prinsipial yangiligi – har qanday investorni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan Soliq kodeksi. 

Yana oldingisidan farqi shundaki, haqiqatan 15 turdagi soliqlar kamaytirildi. Bu – eskirgan, umuman jahon standartlariga mos kelmaydigan soliqlar bor edi. 

Yana «oborot solig‘i» degan u foyda qiladimi, qilmaydimi, zarar bilan ishlaydimi, 3,2 foiz pensiya jamg‘armasi, yo‘l jamg‘armasi, maktab jamg‘armasi, shunga o‘xshagan bir jamg‘armalar bor ediki, oborotidan 3,2 foiz to‘lar edi. U bekor bo‘ldi.

Obodonlashtirish solig‘i bor edi, u bekor bo‘lyapti. Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari bor edi, yagona yer solig‘i, yagona soliq to‘lovi va shunga o‘xshagan soliqlar umuman jahonda yo‘q edi. Lekin bizda bor edi. 

Mana shularning bekor qilinishi, o‘ylaymizki, yangi Soliq kodeksining qabul qilinishi O‘zbekistonning raqobatbardoshligini ta'minlash bilan birga investorlarning O‘zbekistonga kelishini imkoniyatini paydo qiladi.

QQS bugungi kunda bizda tushunarsiz edi. U QQS to‘laydi, biz faqat eksportyorlarga qaytarib beramiz-da, boshqalarga qaytarib bermaymiz. U manfiy deb «osilib turaveradi», korxonalar to‘lagan QQSni qaytarib ololmay, aylanma mablag‘lari «osilib turaverardi». Yangi Soliq kodeksi bo‘yicha manfiy bo‘ldimi, u keyingi oydan boshlab qaytarib oladi.

Bu korxonalarning aylanma mablag‘lari bilan to‘ldirish va ularni iqtisodiyotda ishlab chiqarishlarining tannarxini pasaytirib, raqobatbardoshligini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan holatlar», deya Mubin Mirzayevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top