21:31 / 07.12.2019
0
4029

OPEC+ mamlakatlari neft qazib olishni qisqartirish haqida kelishib olishdi

OPEC+ mamlaktalari (OPEC a'zolari va kartelga a'zo bo‘lmagan neft ishlab chiqaruvchi davlatlar) 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab neft qazib olishni qo‘shimcha tarzda qisqartirishga kelishib olishdi.

Bu borada Avstriya poytaxti Vena shahrida bo‘lib o‘tgan OPEC+ ning uch soatlik majlisida bir qaroriga kelishgan. Qatnashuvchilar joriy kvotalar bilan birgalikda sutkasiga qazib olishni yana 500 ming barrelga kamaytirishmoqchi.

Anado‘lu agentligining yozishicha, OPEC a'zolari neft qazib olishni sutkasiga 372 ming barrelga qisqartirishadi, tashkilotga a'zo bo‘lmagan davlatlar jsa — 131 ming barrelga.

OPEC+ tomonidan foydali qazilmani qazib olishni qsiqartirish shunday qilib sutkasiga 2,1 million barrelga yetadi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top