15:26 / 07.12.2019
1
28525

Texnik nosozlik tufayli 7ta viloyat elektr ta'minotida uzilish ro‘y berdi

Foto: Sergey Malgavko

Joriy yilning 6 dekabr kuni soat 20:32da «Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasi»da 800 mVtli 1-energoblok texnologik himoya ishlashi sababli nosozlik holati bilan o‘chgan. Bu haqda Kun.uz’ga «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati xabar berdi. 

Nosozlik natijasida Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlaridagi aholi avariyaga qarshi avtomatika tizimi orqali vaqtincha tarmoqdan uzilgan. Elektr ta'minotidan uzilgan iste'molchilarga darhol energetika tizimidagi mavjud zaxira quvvatlarini ishga solish evaziga kuchlanish berish choralari ko‘rilgan.

“Milliy dispetcherlik markaziga ma'lum qilingan ma'lumotlarga ko‘ra, «Tolimarjon IES» 1-energoblogi 6 dekabrdan 7 dekabrga o‘tar kechasi, ya'ni bugun soat 01:51 da ishga tushirilgan hamda elektr energiya umumtizimiga ulangan”, deyiladi rasmiy xabarda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top