17:52 / 09.12.2019
0
7504

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha respublika chempionati g‘oliblari aniqlandi

Xalq ta'limi vazirligi tizimidagi umumta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida sportning shaxmat turidan Respublika chempionati g‘oliblari aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi hamda O‘zbekiston «Yoshlik» jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi bilan hamkorlikda umumta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida muntazam ravishda sport tadbirlari o‘tkazib kelmoqda.

Jumladan, bir necha yillardan buyon Xalq ta'limi vazirligi tizimidagi umumta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida muvofaqiyatli o‘tkazilib kelinayotgan shaxmat sport musobaqasini misol qilishimiz mumkin. 

Xalq ta'limi vazirligining 2019 yil 26 apreldagi 141-sonli buyrug‘i asosida joriy yil mobaynida musobaqaning to‘rt bosqichida (maktab, tuman (shahar), Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyat) shaxmat musobaqasi bo‘yicha jami 800734 nafar (shundan 389341 nafari qizlar) shuningdek, vazirlik tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktablarining 454 nafar (shundan 226 nfafari qizlar) o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi. 

Musobaqaning Respublika final bosqichi joriy yilning 25 noyabr – 5 dekabr kunlari Toshkent shahri Olmazor tumanining 102-sonli Zaif eshituvchi bolalar maxsus maktab internati mezbonlik qildi. Mazkur musobaqaga esa eng iqtidorli 6 ta (7, 9, 11, 13, 15 va 17 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar) yosh toifasi bo‘yicha jami 180 nafar o‘quvchi-yoshlar yetib kelishdi. Ushbu qiziqarli va murosasiz kechgan bahslarda umumjamoa hisobida:

  • 1-o‘rinni Toshkent shahri;
  • 2-o‘rinni Toshkent viloyati;
  • 3-o‘rinni Samarqand viloyati jamoalari qo‘lga kiritdi.

Musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘quvchi-yoshlar, jamoalar O‘zbekiston «Yoshlik» jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan diplom, medal, kubok va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston «Yoshlik» JTSJ Markaziy kengashi matbuot xizmati

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top