11:01 / 10.12.2019
1
19158

Termizda 11-sinf o‘quvchisi ishtirokida ko‘ngilsiz voqea ro‘y berdi

Termiz shahridagi «Dark City» kafesi oldida tungi 01:30larda ko‘ngilsiz voqea ro‘y berdi. Bu haqda Postda.uz yozmoqda.

Shahardagi 1-sonli o‘rta maktabning 11-sinf o‘quvchisi F.Q. va Jarqo‘rg‘on tumani Yangiobod mahallasida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan Q.R. o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Janjal paytida F.Q. mast holda Q.R.ning qorniga pichoq sanchib oldi. Jabrlanuvchining akasi, 1991 yilda tug‘ilgan K.R. esa bunga javoban F.Q.ning yuz va bosh qismiga urib, jarohat yetkazdi.

Natijada Q.R. va F.Q. shifoxonaga yotqizildi, deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan F.Q. va K.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov ishlari olib borilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top