16:20 / 13.12.2019
0
6519

Klopp «Liverpul» bilan shartnomasini uzaytirdi

Foto: Liverpool FC

«Liverpul» klubi bosh murabbiy Yurgen Klopp bilan shartnomani uzaytirganligini e'lon qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Yangi shartnoma 2024 yilning yoziga qadar amalda bo‘ladi. Avvalgi shartnoma esa 2020/21 yilgi mavsumgacha belgilangandi. 

«Liverpul» Angliya Premer-ligasi 16-turidan keyin 46 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda. 2-o‘rindagi «Lester» bilan oradagi farq 8 ochkoni tashkil etadi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top