17:05 / 13.12.2019
0
8514

O‘zbekistondagi eng katta harbiy poligonda artilleriyachilarning dala-o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mudofaa vazirligiga qarashli “Kattaqo‘rg‘on” okrug dala-o‘quv maydonida Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug harbiy qismlarining reaktiv artilleriya batareyasi bilan jangovar otish bo‘yicha taktik o‘quvlari bo‘lib o‘tdi. 

Divizion komandirlari o‘quv rahbarligida mashg‘ulot o‘tash uchun yo‘l olgan harbiy texnikalarning kolonna bo‘lib harakatlanish chog‘ida zaharlangan va minalashtirilgan hududlardan o‘tish mashqlarida harbiy xizmatchilar yana bir karra toblanishdi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.

122 mmli artilleriya gaubitsasi, 152 mmli artilleriya zambaragi hamda 122 mmli reaktiv artilleriya qurollaridan jangovar o‘t ochish chog‘ida qo‘qqisdan dushman hujumi sodir etilganda uning oldini olish amaliyotlari ham harbiylarning jangovar shayligini oshirishda muhim omil bo‘ldi. 

Artilleriya qurollaridan belgilangan nishonlar aniqlik bilan yo‘q qilindi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top