10:25 / 13.12.2019
0
23117

«Qamchiq» dovonida uchta mashina ishtirokida YTH yuz berdi, bir kishi halok bo‘ldi 

Foto: FVV matbuot xizmati

Joriy yilning 11 dekabr kuni soat 12:25da “Qamchiq” navbatchilik maskani navbatchi – dispetcheriga “Neksiya” va “Lasetti” rusumli avtomashinalari hamda “MAN” rusumli yuk mashinasi ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi.

FVV xabariga ko‘ra, “Vodiy–Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan “Neksiya” rusumli avtomashina haydovchisi Q.D. boshqaruvni yo‘qotib,  yulning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketgan. Natijada, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan “MAN” rusumli yuk mashinasi hamda “Lasetti” rusumli avtomashinasi ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Voqea joyiga “Rezak” navbatchilik maskanidan X.Raxov boshchiligida 3 nafar qutqaruvchi hamda “Sherobod” yo‘l patrul xizmati, “Rezak” tez tibbiy yordam maskani xodimlari zudlik bilan yetib borishgan.

Sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi oqibatida “Neksiya” avtomashinasi haydovchisi Q.D. voqea joyida vafot etgan. Bundan tashqari, mazkur mashinada bo‘lgan J.I. og‘ir jarohat olganligi sababli Pop tumani markaziy shifoxonasiga yuborilgan. “Lasetti” rusumli avtomashinada bo‘lgan 3 nafar hamda “MAN” rusumli yuk mashinasida bo‘lgan 1 nafar fuqaroga tan jarohati yetmagan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top