21:57 / 14.12.2019
0
9177

Afg‘onistonda toliblar bilan otishma oqibatida to‘qqiz harbiy halok bo‘ldi

G‘azni viloyatida “Tolibon” harakati jangarilari tomonidan kamida to‘qqiz nafar harbiy o‘ldirildi. Bu haqda Afg‘oniston mudofaa vazirligining Twitter sahifasida ma'lum qilindi.

"Kecha G‘azni viloyatining Qorabog‘ uyezdida “Tolibon” terrorchilari tomonidan Afg‘oniston milliy armiyasining to‘qqiz nafar askari o‘ldirildi", - deyiladi vazirlik xabarida.

"Sinxua" agentligi esa toliblar hujumi oqibatida 25 nafar harbiy halok bo‘lganini xabar qildi.

Avvalroq “Tolibon” harakati jangarilari Juzjon viloyati Fayzobod uyezdida 40 nafar oqsoqolni o‘g‘irlab ketishgani xabar qilingandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top