21:22 / 14.12.2019
0
30370

Dunyoning eng yaxshi ish beruvchi kompaniyalari ofislarida xodimlar uchun qanday sharoitlar yaratilgan?

Glassdoor rekruting servisi xodimlar talqini bo‘yicha eng yaxshi ish beruvchilari reytingini e'lon qildi. Glassdoor bunday reytingni 2008 yildan buyon tuzib keladi. Kompaniya o‘tkazadigan anonim so‘rovda ishtirokchilar o‘z ishxonalarini boshqalarga ham tavsiya qilgan bo‘larmidi yoki yo‘qmi degan savolga javob berishadi. Respondentlar rahbariyat faoliyati, kompaniya ichida mansab pillapoyalaridan ko‘tarilish, maosh miqdori, korporativ madaniyat, ish va shaxsiy hayotdagi muvozanat kabi ko‘plab ko‘rsatkichlar bo‘yicha baho berishadi. Bu yilgi so‘rovda AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Singapur, Argentina, Meksika, Braziliyadan respondentlar qatnashdi.

AQShda 2020 yilning eng yaxshi ish beruvchisi deb HubSpot kompaniyasi topildi. Kanadada Microsoft, Buyuk Britaniya va Singapurda Google, Argentina va Braziliyada SAP yetakchilik qilmoqda. Nemislar Porsche, fransuzlar Amerikaning Salesforce kompaniyasini eng yaxshi ish beruvchi deb atashdi.  

Glassdoor eng yaxshi kompaniyalar orasidan o‘ziga xos ofisga ega bo‘lganlarini tanlab oldi.

HubSpot

Ofis joylashgan manzil: Kembrij (Massachusets, AQSh)

Tashkil etilgan vaqti: 2006

Faoliyat yo‘nalishi: IT

Batafsil: Firmaga xos malla rang, yog‘och panellar, tabiiy yoritish, hordiq chiqarish uchun yumshoq oromkursilar. Xodimlar bog‘da qahva yoki pivo ichishi mumkin

Ultimate Software

Ofis joylashgan manzil: Ueston (Florida, AQSh)

Tashkil etilgan vaqti: 1990

Faoliyat yo‘nalishi: IT

Batafsil: Basketbol maydonchasi, stol futboli, gumbazsimon shiftlar va kompaniya logotipi shaklidagi favvora

Google

Ofis joylashgan manzil: Mauntin-Vyu (Kaliforniya, AQSh)

Tashkil etilgan vaqti: 1998

Faoliyat yo‘nalishi: IT

Batafsil: Bog‘lar, favvoralar, bilyard stollari, kaminli dam olish xonalari. Xodimlar kampus bo‘ylab velosipedlarda harakatlanishi mumkin

LinkedIn

Ofis joylashgan manzil: Sanniveyl (Kaliforniya, AQSh)

Tashkil etilgan vaqti: 2003

Faoliyat yo‘nalishi: internet

Batafsil: Oynavand shiftlar, ko‘plab o‘simliklar, dam olish uchun qulay mebel  

Boston Consulting Group

Ofis joylashgan manzil: Nyu-York (Nyu-York, AQSh)

Tashkil etilgan vaqti: 1963

Faoliyat yo‘nalishi: konsalting

Batafsil: Yog‘och to‘sinli shift, keng ish joyi, derazadan ko‘zga tashlanuvchi go‘zal manzara

NVIDIA

Ofis joylashgan manzil: Santa-Klara (Kaliforniya, AQSh)

Tashkil etilgan vaqti: 1993

Faoliyat yo‘nalishi: IT

Batafsil: Keng makon, oppoq devorlar, bepul tushlik

Microsoft

Ofis joylashgan manzil: Redmond (Vashington, AQSh)

Tashkil etilgan vaqti: 1975

Faoliyat yo‘nalishi: IT

Batafsil: Gulzorlar, dam olish uchun keng hovli va binolar orasida velosipedda harakatlanish imkoniyati

lululemon

Ofis joylashgan manzil: Vankuver (Kanada)

Tashkil etilgan vaqti: 1998

Faoliyat yo‘nalishi: sport kiyimlari va poyabzallari ishlab chiqarish

Batafsil: Har kuni yoga, boks, jismoniy mashqlar va raqs bilan shug‘ullanish, meditatsiya xonalari

Facebook

Ofis joylashgan manzil: Menlo-Park (Kaliforniya, AQSh)

Tashkil etilgan vaqti: 2004

Faoliyat yo‘nalishi: IT

Batafsil: Devorlardagi go‘zal suratlar, turfa rangli mebel, lazzatli taomlar beriladigan oshxona

Adobe

Ofis joylashgan manzil: San-Xose (Kaliforniya, AQSh)

Tashkil etilgan vaqti: 1982

Faoliyat yo‘nalishi: IT

Batafsil: Kreativ dizayn, gullar, ekologik yondashuv

Blizzard Entertainment

Ofis joylashgan manzil: Irvayn (Kaliforniya, AQSh)

Tashkil etilgan vaqti: 1991

Faoliyat yo‘nalishi: kompyuter o‘yinlari

Batafsil: Videoo‘yinlar qahramonlari haykallari, o‘yinchoq va suratlar, ishga it bilan kelish mumkin

Salesforce

Ofis joylashgan manzil: San-Fransisko (Kaliforniya, AQSh)

Tashkil etilgan vaqti: 1999

Faoliyat yo‘nalishi: IT

Batafsil: San-Fransiskodagi eng baland binoda joylashgan ofis, Havayi uslubidagi interer, televizor va qahva stollari qo‘yilgan dam olish hududi

E. & J. Gallo Winery

Ofis joylashgan manzil: Modesto (Kaliforniya, AQSh)

Tashkil etilgan vaqti: 1993

Faoliyat yo‘nalishi: vinochilik

Batafsil: Tabiiy xomashyolardan foydalanilgan interer, vino totib ko‘rish uchun xona

Southwest Airlines

Ofis joylashgan manzil: Dallas (Texas, AQSh)

Tashkil etilgan vaqti: 1967

Faoliyat yo‘nalishi: aviatashuvlar

Batafsil: Shiftga osilgan laynerlar modellari, dam olish xonasida oddiy kursi o‘rniga samolyot o‘rindiqlari

Clorox Company

Ofis joylashgan manzil: Plezanton (Kaliforniya, AQSh)

Tashkil etilgan vaqti: 1913

Faoliyat yo‘nalishi: kir yuvish vositalari ishlab chiqarish

Batafsil: Iliq ranglardagi makon, ulkan oynalar, turfa rang devorlar va suratlar

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top