02:40 / 18.12.2019
0
6252

Bundesliga. «Borussiya» D – «Leypsig» bahsida jangovar durang qayd etildi va boshqa natijalar

Foto: Twitter/BVBBuzz

Germaniya chempionatining 17-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda jadvalda 3-o‘rinda borayotgan «Borussiya» D o‘z uyida peshqadam «Leypsig»ni qabul qildi. Jangovar ruhda kechgan o‘yinda kuchlar teng keldi.

Durangdan so‘ng «Borussiya» ochkolarini 30taga yetkazib, 3-o‘rinda qoldi. «Leypsig» esa 34 ochko bilan 1-o‘rinni egallab turibdi.

Shuningdek, tur doirasida «Verder» o‘z uyida kutilmaganda «Mayns»dan javobsiz 5ta gol o‘tkazib yubordi. «Hoffenhaym» va «Agusburg» klublari ham o‘z hisoblariga 3 ochkodan yozib qo‘yishdi.

Bundesliga, 17-tur, 17 dekabr

Borussiya D – Leypsig 3:3
«Signal Iduna Park»
Gollar: Vaygl (23), Brandt (34), Sancho (55) – Verner (47, 53), Shik (77).
Borussiya D: Byurki, Zagadu, Akanji, Hummels, Hakimi, Brandt, Vaygl, Azar, Sancho (Pishek, 71) , Roys, Gerreyru (Shuls, 84). 
Leypsig: Gulachi, Upamekano, Mukiyele, Halstenberg, Klostermann, Demme, Zabitser (Mateus, 70), Laymer, Forsberg (Nkunku, 46), Poulsen (Shik, 62), Verner.
Ogohlantirishlar:

Verder – Mayns 0:5
Gollar: Kuayson (10, 19, 38), Pavlenka (15, avtogol), Mateta (81).

Union – Hoffenhaym 0:2
Gollar: Babu (56), Baumgartner (90).

Augsburg – Fortuna 3:0
Gollar: Maks (32, 72), Yedvay (61).

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top