13:03 / 18.12.2019
0
18528

Shavkat Mirziyoyev Tokioga bordi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga tashrifi doirasida mamlakat poytaxti Tokioga bordi.

«Xaneda» xalqaro aeroportida O‘zbekiston prezidentini Yaponiya ta'lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar, ta'lim tizimini tiklash masalalari vaziri Xagiuda Koichi, Yaponiya Tashqi ishlar vazirligining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Xideki Uyama va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Bugun Tokioda Yaponiya Bosh vazirining o‘rinbosari, moliya vaziri Taro Aso, Yaponiya parlamentining O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi faollari hamda Yaponiyaning yetakchi kompaniya va banklari vakillari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top