18:47 / 19.12.2019
6233

EPSILON: «O‘zbekneftgaz» hamkorligida qish mavsumida aholi ehtiyoji uchun uglevodorodlar qazib chiqarish hajmi oshirilmoqda

19 dekabr kuni muvaffaqiyat bilan o‘tkazilgan GRP ortidan Qumli-22 va Qulbishkek-48 quduqlarining umumiy kunlik debiti 160 ming kub.m gacha ko‘tarildi.

Qumli-22 qudug‘ining kunlik debiti 0 dan 60 ming kub.m gacha ortdi.

Qulbishkek-48 qudug‘ining kunlik debiti 40 dan 100 ming kub.m gacha ortdi.

Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha gaz uzatgichlar qurilishi davom etmoqda:

  • «Tandircha YP – Sho‘rtanneftgaz» (45 km);
  • «Chigil YP – Muborak GQIZ» (110 km);
  • «Talimarjon YP - Sho‘rtanneftgaz» (8 km).

Qurilish ishlari kechayu-kunduz mezonida olib borilmoqda.

19 dekabr holatiga ko‘ra jami:

  • Keltirish uchun yuklangan quvurlar – 46,2 ming tn;
  • Keltirilgan quvurlar – 29,7 ming tn;
  • Kavlangan zovurlar – 91,3 km;
  • Qatorga payvandlangan quvurlar – 117,2 km;
  • Yotqizilgan quvurlar – 75,9 km ni tashkil etdi.

EPSILON kompaniyasi Matbuot xizmati

Top