07:53 / 20.12.2019
0
14351

Isroilda O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Foto: REUTERS

2019 yilning 19 dekabr kuni O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasiga mamlakat fuqarosi Sh.Sh. yurak xuruji tufayli vafot etgani to‘g‘risida ma'lumot kelib tushgan.

TIV xabariga ko‘ra, elchixona tomonidan marhumaning qarindoshlari bilan aloqa o‘rnatildi va jasadni vatanga yuborish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumaning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya izhor etgan va Isroilda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatning Tel-Aviv shahridagi elchixonasiga +972-3-672-23-66 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatgan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top