16:49 / 21.12.2019
0
6632

Karlo Anchelotti - «Everton» bosh murabbiyi

Karlo Anchelotti «Everton» klubi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Ingliz klubi 60 yoshli italiyalik murabbiy bilan 2023/24 yilgi mavsumgacha shartnoma imzoladi. 

Eslatib o‘tamiz, ketma-ket mag‘lubiyatlar sabab «Everton» 5 dekabr kuni Marku Silvani iste'foga chiqargan, uning o‘rniga Dankan Fergyuson bosh murabbiy vazifasini bajarayotgandi. 

Ma'lumot uchun, «Everton» Fergyuson qo‘l ostidagi ikki o‘yinda «Chelsi»ni mag‘lub (3:1) etgan bo‘lsa, «MYu» bilan safarda durang (1:1) natijasini qayd etdi. APL 17-turidan keyin 18 ochko bilan 16-o‘rindan joy olib turgan liverpulliklar, bugun, 21 dekabr kuni «Arsenal»ga qarshi maydonga tushishadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top