11:45 / 22.12.2019
3
8650

«Oppozitsiyasiz jamiyatda fikrlar xilma-xilligini ta'minlab bo‘lmaydi» – MSK raisi

Muxolifat partiyalarsiz jamiyatda plyuralizmni ta'minlab bo‘lmaydi, deb fikr bildirdi O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov.

Abdusalomov parlament saylovlarini kuzatish uchun Toshkentga kelgan xalqaro kuzatuvchining O‘zbekistonda 5ta partiyadan boshqa partiyalar ro‘yxatdan o‘tmaganining sababi to‘g‘risidagi savoliga quyidagicha javob berdi.

«Oppozitsiyasiz jamiyatda fikrlar xilma-xilligini ta'minlashning iloji yo‘q. Qonunchilikda yangi partiyalarni tashkil etish bo‘yicha hech qanday cheklovlar yo‘q», – degan MSK raisining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ma'lumot uchun, O‘zbekistondagi bugungi saylovlarni o‘nta xalqaro tashkilotdan, dunyoning 50dan ortiq davlatidan kelgan 825 nafar xalqaro kuzatuvchi bevosita kuzatib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev muxolifat tabiiy ravishda, jamiyatning palagidan asta-sekin o‘sib kelishi kerak, deya fikr bildirgan edi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top