16:10 / 23.12.2019
18
76075

Xalqaro kuzatuvchi ovozlarni hisoblash bo‘yicha salbiy xulosalar mavjudligini ma'lum qildi

Foto: KUN.UZ

Xalqaro kuzatuvchilar O‘zbekistonda 22 dekabr kuni vakillik organlariga bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari bo‘yicha yakuniy xulosalarini bayon qilishdi.

Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining maxsus koordinatori Georgiy Tsereteli saylovdan so‘ng ovozlarni hisoblash jarayonida qoidalarga rioya qilinmagani haqida gapirdi.

Georgiy Tsereteli

«Ovozlarni hisob-kitob qilish jarayoni uchun belgilangan aniq qoidalar mavjud. Lekin bu qoidalarga hurmat bilan munosabatda bo‘linmadi. Ovozlarni hisoblash jarayonida bu haqida kuzatuvchilar tomonidan ko‘rsatmalar berilgan. Lekin shunga qaramay, xulosa salbiy bo‘lib qolmoqda», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

YeXHTning saylovlarni kuzatish bo‘yicha missiya rahbari Tana de Zuluyetaning ta'kidlashicha, ovozlarni hisoblash jarayoni bo‘yicha xulosaning 42 foizi salbiy xarakterga ega.

Tana de Zuluyeta

«Ovozlarni hisoblash jarayonlarida ishtirok etdik. 133ta uchastkada ovoz hisoblash jarayoni bizning missiyamiz a'zolari tomonidan kuzatildi. Xulosalarga ko‘ra, hisoblash jarayonlari oxirigacha silliq o‘tmagan. Qonunda belgilangan protseduralarga to‘liq amal qilinmagani, natijalar o‘zgargani ko‘rindi. Ba'zi joylarda raqamlar kamroq edi.

Birlamchi hisob-kitoblar amalga oshirilishi kerak edi. Lekin bu ish qilingani yo‘q. Masalan, ishlatilmay qolgan byulletenlarni hech kim hisoblab chiqqani yo‘q. Hisoblar oxirigacha olib borilmagan hollarni ham ko‘rdik. Ko‘rsatkichlarning aniqligiga ishonch hosil qilish uchun biror kishi, xolis odam qayta sanab chiqmadi», deydi Zuluyeta xonim. 

Shuningdek, vakilning ta'kidlashicha, xavfsizlik ta'minlamagan kanallar orqali ma'lumotlar almashinuvi amalga oshirilgan hollar ham kuzatilgan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top