22:48 / 24.12.2019
0
11605

Putin konstitutsiyaga qanday o‘zgartirish kiritilishi mumkinligini aytdi

Rossiya konstitutsiyasining asosiy moddalarini o‘zgartirishning keragi yo‘q, ammo hokimiyatning munitsipal va davlat organlari o‘rtasidagi aloqalar tizimini takomillashtiruvchi o‘zgarishlar to‘g‘risida «o‘ylab ko‘rish mumkin». Vladimir Putin mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish g‘oyasiga ana shunday izoh berdi.

Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, hayotdagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq ba'zi narsalarni «boshqacharoq tarzda to‘g‘rilash mumkin edi».

Avvalroq Putin matbuot anjumani davomida konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish zarurati bor-yo‘qligi to‘g‘risida berilgan savolga javoban prezident hokimiyati muddatini cheklash to‘g‘risidagi moddadan «ketma-ket» degan so‘zni olib tashlashni, shu tarzda ikki marta saylangan sobiq prezidentning Kremlga qaytishini imkonsiz qilib qo‘yishni taklif qilgandi.

Konstitutsiyaga ko‘ra, bir kishi prezident lavozimini ketma-ket ikki martadan ortiq egallashi mumkin emas, ammo ikkinchi muddatdan keyin orada tanaffus bo‘lsa, uchinchi va to‘rtinchi muddatga saylanishi mumkin.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top