21:06 / 29.12.2019
0
10545

APL. «Chelsi» 4 daqiqa ichida «Arsenal»dan g‘alabani tortib oldi

Angliya Premer-ligasi 20-turi doirasidagi markaziy o‘yinda «Arsenal» o‘z maydonida «Chelsi»ga mag‘lub bo‘ldi.

O‘yindagi hisobni 13-daqiqada Obameyang ochgandi. Ammo, 83-daqiqada mezbonlar darvozaboni Lenoning qo‘pol xatosidan keyin Jorjino hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 87-daqiqada Abraham gol urib, g‘alabani ilib ketdi – 1:2.

«London derbisi»dagi «Chelsi»ning g‘alabasidan keyin Lempard shogirdlari 20-turdan keyin 35 ochko bilan 4-o‘rinda qolgan bo‘lishsa, Arteta boshchiligidagi «Arsenal» 12-o‘ringa tushib qoldi.

APL. 20-tur. 29 dekabr (yakshanba)

Arsenal – Chelsi 1:2
Gollar:
 1:0 – 13 Obameyang, 1:1 – 83 Jorjino, 1:2 – 87 Abraxam.
Arsenal – Leno, Meytlend-Naylz, Chembers (Mustafi, 23), David Luiz, O‘zil (Uillok, 76), Genduzi, Torreyra, Nelson (Pepe, 86), Lyakazett, Obameyang, Saka.
Chelsi – Arrisabalaga, Aspilikueta, Zuma, Tomori (Lempti, 59), Emerson (Jorjino, 34), Maunt, Kovachich (Xadson-Odoi, 70), Villian, Kante, Ryudiger, Abraxam.
Ogohlantirishlar: Genduzi (10), Maunt (30), Kante (30), Ryudiger (34), David Luiz (47), Jorjino (55), Torreyra (73), Lyakazett (77), Meytlend-Naylz (90).

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top