14:53 / 29.12.2019
0
6607

Marat Bikmayev «Paxtakor»dan «Lokomotiv»ga qaytdi

Foto: Tribuna.uz

O‘tgan mavsumni «Paxtakor» tarkibida o‘tkazgan Marat Bikmayev «Lokomotiv»ga qaytdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

«2014-2018 yillar davomida «Lokomotiv» tarkibida harakat qilib, ko‘plab gollari bilan muxlislar mehrini qozongan Marat Bikmayev yangi 2020 yilgi mavsumda jamoamiz sharafini himoya qiladi. «Lokomotiv»ga qaytganing muborak, Marat!» - deyiladi klub xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli Marat Bikmayev «Lokomotiv» safida 2014-2018 yillar davomida to‘p surib, 65ta golga mualliflik qilgan. 2019 yilda esa «Paxtakor» safida Superligada 8ta gol urishga erishdi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top