19:53 / 02.01.2020
0
13940

2019 yilda aviahalokatlarda necha kishi halok bo‘lgani ma'lum qilindi 

2019 yilda dunyoda yuz bergan aviahalokatlar qurbonlari soni 257 nafarni tashkil qildi. Bunday raqamlar To70 konsalting kompaniyasining «Fuqarolik aviatsiyasi sharhi 2019» hisobotida keltirilgan.

Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda 86 ta aviafalokat yuz berib, ulardan 8 tasi qurbonlarga olib kelgan. Biroq bu ko‘rsatkich 2018 yilga nisbatan ikki marta kamaygan. 2018 yilda umumiy hisobda 157 ta aviafalokat yuz berib, ularda 534 kishi halok bo‘lgan.  

Mutaxassislarning baholashicha, 2019 yilda 5,5 mlnta reysga odamlar o‘limi bilan yakunlangan bitta aviahalokat to‘g‘ri kelgan.

Ulardan eng yiriklari 9 martda Kolumbiyada (Douglas DC-3, 14 kishi halok bo‘lgan), 10 martda Efiopiyada (Boeing 737 Max, 157 kishi), 5 mayda Rossiyada (Superjet 100, 41 kishi), 24 noyabrda Kongoda (Dornier 228, 29 kishi) va 27 dekabrda Qozog‘istonda (Fokker 100, 12 kishi) yuz bergan. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top