21:05 / 03.01.2020
1
9213

Apple aksiyalari yangi rekord o‘rnatdi

Foto: Mike Blake /Reuters

Apple kompaniyasi aksiyalari yangi narx rekordi o‘rnatib, bir donasi narxi 300 dollardan oshdi. Kompaniya aksiyalari bir kun ichida 2,3 foizga qimmatlashgan, deb xabar berdi Bloomberg axborot agentligi.    

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, kompaniya aksiyalariga AirPods quloqchinining yangi modeli, Apple TV+ striming xizmatining ishga tushirilishi hamda 2019 yil 3-chorakdagi moliyaviy natijalar ijobiy ta'sir ko‘rsatgan. 

Ayni vaqtda Apple’ning bozor narxi 1,33 trln dollarga baholanmoqda va u dunyodagi eng qimmat kompaniya bo‘lib qolmoqda. 2-o‘rinni kapitallashuvi 1,23 trln dollarga baholanayotgan Microsoft egallamoqda.

Yangi simsiz AirPods Pro quloqchinlari 2019 yil 28 oktyabrda taqdim etilgan. Uning o‘ziga xos jihati shovqinni faol bostirish funksiyasi hisoblanadi. Qurilmada “shaffof rejim”ning faollashtirilishi tashqi tovushlar, misol uchun, yaqinlashayotgan avtomobil ovozi yoki jamoat transportida bekat nomining e'lon qilinishi kabilarni eshitishga imkon beradi.   

Apple TV+ videoservisi 2019 yil 1 noyabrda ishga tushirilgan. U 100 dan ko‘proq davlatda ishlaydi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top