11:14 / 03.01.2020
0
11968

Chirchiq daryosi ustida yana bir ko‘prik qurilishi mumkin

Foto: Prezident matbuot xizmati

Chirchiq daryosi ustida yana bir ko‘prik qurish taklif qilinmoqda. Tegishli petitsiya “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida joylashtirildi.

Qayd etilishicha, O‘rta Chirchiq tumanidan Qo‘yliq bozorigacha bo‘lgan yo‘lda tirbandlik (Bektemir posti-Qo‘yliq) ertalabdan kechgacha davom etadi. Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib keladigan avtomobillar juda ko‘p. Shuningdek, shaharga kelib ishlaydigan insonlarning soni ham ko‘p. 

Aholi boshiga tushayotgan shu va boshqa muammolar (Bektemir postidan Qo‘yliqqacha avtomobil yo‘lining juda torligi)ni bartaraf etish maqsadida Chirchiq daryosi ustida Qo‘yliq bozoriga va keyinchalik shaharga kirishni ta'minlaydigan ko‘prik qurilishi (bu bilan bog‘liq yana bir avtomobil yo‘li yoki eski mavjud yo‘llarni kengaytirish) maqsadga muvofiq bo‘lishi aytiladi.

“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Toshkent viloyatidan (Nurafshon shahri yo‘li - O‘rta Chirchiq tumani) Toshkent shahriga kirish uchun Chirchiq daryosi ustiga yana bir ko‘prik qurishni taklif qilamiz”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top