16:34 / 03.01.2020
1
15184

O‘zbekiston milliy jamoasi a'zosi «Paxtakor» futbolchisiga aylandi

Foto: FC Pakhtakor

O‘tgan mavsumni «Surxon» klubi safida o‘tkazgan yarimhimoyachi Abror Ismoilov «Paxtakor» a'zosiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

«Faoliyatini birinchi ligada boshlagan futbolchi keyinchalik «Neftchi» va «Surxon» klublari safida o‘ynadi. Iqtidorli yarimhimoyachi yaxshi o‘yinlari bilan olimpiya terma jamoasi tarkibidan o‘rin oldi. Ismoilov bilan klubimiz o‘rtasida uch yillik shartnomaga imzo chekildi. U erkin agent sifatida jamoamizga ko‘chib o‘tdi. «Paxtakor»ga xush kelibsan, Abror!» - deyiladi «Paxtakor» klubi xabarida.

Ma'lumot uchun, 21 yoshli Abror Ismoilov 2019 yilgi Superliga bahslarida 24 o‘yinda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 1998 yilda tug‘ilgan Abror Ismoilov 2019 yilda O‘zbekiston milliy jamoasi safida Qirg‘izistonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida debyutini o‘tkazgan edi. Yarimhimoyachi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan Tailanddagi Osiyo chempionatida ishtirok etadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top