02:23 / 05.01.2020
1
21622

AQSh Yaqin Sharqqa desant kemasi va piyodalar batalonini jo‘natmoqda

Foto: Reuters

AQSh harbiy-dengiz kuchlari Marokash bilan hamkorlikdagi o‘quv mashg‘ulotlarini bekor qildi, deb xabar berdi AQSh harbiy-dengiz instituti yangiliklar portali.  

Xabarda aytilishicha, qo‘shma mashg‘ulotlarda ishtirok etishi kerak bo‘lgan kema va harbiy xizmatchilar Yaqin Sharqqa jo‘natiladi.

"Eron bilan keskinlikning kuchayishi fonida AQSh HDK Marokash bilan mashg‘ulotlarni bekor qiladi va USS Bataan desant kemasi va AQSh dengiz piyodalari 26-ekspeditsion batalonini Yaqin Sharqqa jo‘natadi", - deyiladi xabarda.

Avvalroq NBC telekanali AQSh mudofaa vazirligi Yaqin Sharqda qo‘shimcha 3 mingga yaqin harbiyni vaqtinchalik joylashtirishga qaror qilgani to‘g‘risida xabar bergandi.

Mavzu
Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi
Eron tashqi siyosati bunyodkori, Yaqin Sharq bo‘yicha bosh strategi, Eron Islom inqilobi muhofazasi korpusi tarkibidagi «Kuds» maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy Bag‘doddagi aeroportda AQSh prezidenti Donald Tramp farmoyishiga binoan o‘ldirildi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top