Britaniya tashqi ishlar vazirligi amerikalik harbiylar tomonidan eronlik general Qosim Sulaymoniy o‘ldirilgandan keyin britaniyaliklarni Turkiya va BAAda hushyor bo‘lish lozimligidan ogohlantirdi.
«General Qosim Sulaymoniy o‘limidan keyin Britaniya fuqarolari bu hududda [Turkiyada] hushyor bo‘lishlari va oxirgi voqealardan ogoh bo‘lishlari lozim», deyilgan vazirlikda.
Shunday tavsiyalar britaniyaliklar orasida ommalashgan Dubay va Abu-Dabi shaharlari borasida ham berilgan.
Britaniyaliklarga, shuningdek, boshqa arab davlatlari - Qatar, Ummon, Kuvayt, Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Yaman, Livan, Isroil, Afg‘oniston va Falastinda ehtiyotkorlikni unutmaslik tavsiya qilingan.