22:42 / 05.01.2020
0
13411

Samsung yangi smartfonlari taqdimoti sanasini e'lon qildi 

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi o‘zining navbatdagi smartfonlari taqdimotini 11 fevralda o‘tkazishi ma'lum bo‘ldi. 

Taqdimot San-Fransiskoda o‘tadigan Samsung Galaxy Unpacked tadbiri doirasida bo‘lib o‘tadi.

Kompaniya tadbirda Samsung Galaxy S20 qatoridan o‘rin oladigan smartfonlardan tashqari, bukiluvchi displeyli Galaxy Fold 2 smartfonini namoyish qilishi kutilmoqda. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top