20:26 / 05.01.2020
1
19768

Shomurodov «Rostov»ning XXI asrdagi ramziy jamoasidan o‘rin oldi

Foto : KUN.UZ

Rossiyaning «Sport-Ekspress» nashri joriy mavsum kashfiyoti bo‘lib turgan «Rostov» klubining so‘nggi 20 yillikdagi ramziy jamoasini tuzdi.

 Quvonarlisi, «Rostov»ning XXI asrdagi ramziy jamoasidan «Rostov» klubining ayni damdagi to‘purari Eldor Shomurodov ham joy olgan. O‘zbekistonlik forvard hujum chizig‘ida faoliyatini «Rostov»da yakunlagan Dmitriy Kirichenko bilan tandem hosil qilgan.

 «CE» talqiniga ko‘ra, «Rostov»ning 21-asrdagi ramziy jamoasi:

Darvozabon: Stipe Pletikosa (Xorvatiya)

 Himoyachilar: Timofey Kalachev (Belorus), Sesar Navas (Ispaniya), Metyu But (JAR), Dushan Andjyelkovich (Serbiya).

Yarimhimoyachilar: Aleksandr Gatskan (Moldova), Mixail Osinov (Rossiya), Kristian Noboa (Ekvador), Aleksey Ionov (Rossiya).

 Hujumchilar: Eldor Shomurodov (O‘zbekiston), Dmitriy Kirichenko (Rostov).

 Ma'lumot uchun, Eldor Shomurodov «Rostov» safida jami 63 o‘yinda 15ta gol va 8ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top