23:28 / 06.01.2020
0
3682

Para-taekvondo bo‘yicha Paralimpiya o‘yinlariga ilk litsenziya qo‘lga kiritildi

Foto: MOQ

Butunjahon taekvondo federatsiyasi (WT) Paralimpiya o‘yinlari uchun ham sportchilarning yakuniy Olimpiada reytingini e'lon qildi. E'tiborlisi, Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan para-atletlar orasida O‘zbekiston terma jamoasi vakili Guljanoy Naimova ham keltirib o‘tildi.

Hamyurtimiz reytingni 58 kilogrammgacha vazn toifasida Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma beruvchi pog‘onada yakunladi. Shu tariqa Guljanoy para-taekvondo bo‘yicha Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan ilk sportchimizga aylandi.

Bu delegatsiyamizning Tokio-2020 Paralimpiadasi uchun qo‘lga kiritilgan o‘n oltinchi yo‘llanmasi bo‘ldi. 

Ma'lumot uchun, Tokio Paralimpiadasiga Osiyo qit'asi uchun yo‘llanma beruvchi yakuniy turnir 10-12 aprel kunlari Xitoyning Usi shahrida o‘tkaziladi.

Avvalroq yana bir taekvondochimiz Nikita Rafalovich Tokio Olimpiadasiga litsenziyani qo‘lga kiritgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top