11:03 / 08.01.2020
0
17228

IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash qo‘shinlari qo‘mondoni tayinlandi

Ichki ishlar vazirligi Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash qo‘shinlari qo‘mondoni tayinlandi. Bu haqda vazirlik xabarida aytilgan.

Shokirjon Abdumalikovich Xudoynazarov

Qayd etilishicha, polkovnik Shokirjon Abdumalikovich Xudoynazarov IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimini egalladi.

Shokirjon Xudoynazarov tayinlovga qadar Ichki ishlar vazirligi Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash qo‘shinlari qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari - shtab boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Bundan oldin, IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimida faoliyat yuritgan general-mayor Bahodir Mirzarahimov ichki ishlar vazirining jazoni ijro etishni ta'minlash va harbiy tuzilmalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top