09:00 / 09.01.2020
0
16683
Reklama

Sterillash tejamkorlikni qo‘llash mumkin bo‘lmagan muammo!

Foto: Safo Nur

Nega tushlik paytida oldingi xo‘randadan keyin yaxshilab yuvilgan oshxona anjomlaridan foydalanish va bir dasturxonda o‘tirgan kishi bilan bitta qoshiqdan ovqat yemaslik qabul qilingan? Nega sanchqi oyoq ostiga tushganida, uni albatta almashtirish lozim? Ammo negadir go‘zallik saloniga manikyurga kelganimizda, bir necha daqiqa oldin usta shu asboblar bilan boshqa mijozning tirnoqlariga ishlov bergani va endi ularni olib bizning qarshimizga o‘tirayotgani ustida o‘ylab ko‘rmaymiz. Buni anglash jirkanish va sog‘liq uchun xavfsirash hissini keltirib chiqaradi, axir go‘zallik salonining har bir mijozi – bu ehtimoliy infeksiya tashuvchisi (shu jumladan, V, S virusli gepatitlari va OIV-infeksiyasining).

Stomatologlar, manikyur-pedikyur ustalari, kosmetologlar xizmatlarining qiymati Rossiya va boshqa xorijiy davlatlarga qaraganda O‘zbekistonda arzonroq. Xorijda, odatda, bir marta ishlatiladigan asboblar to‘plamidan foydalaniladi, shuningdek sterillash masalalari ham juda qat'iy nazorat qilinadi. Narx esa, shu jumladan, ushbu omillardan ham shakllanadi. Siz parvarish qilingan tirnoqlar, go‘zal tabassumga ega bo‘lasiz – ammo nimaning evaziga?

Biz vahima qilib faktlarni bo‘rttirmayotganimizga ishonch hosil qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati inspeksiyasining SanQvaNni nazorat qilish bo‘limiga murojaat qildik.

Go‘zallik salonlarida sanitariya va gigiyena normalariga amal qilinmaganida ularning mijozlari qanday infeksiyalar bilan zararlanishi mumkin?

Bugungi kunda 100 dan ortiq patogen mikroorganizmlar, shu jumladan sog‘liq uchun juda xavfli va go‘zallik salonida yuqtirish mumkin bo‘lgan mikroorganizmlar ma'lum. Ommabop kosmetika protseduralaridan o‘tayotganda yuqtirib olish mumkin bo‘lgan oltita keng tarqalgan kasallikni ko‘rib chiqamiz:

  • Tirnoqlar zamburug‘i — sog‘lom odamning tirnoqlariga zararlangan asbob bilan ishlov berish deyarli 100% holatlarda kasallik yuqishiga olib keladi.
  • Pedikulyoz — parazitar kasallik, mijozlar bilan ishlaganda sanitariya normalariga amal qilmaydigan sartaroshxonalarda tez-tez uchraydigan “mehmon”. Sartaroshxonalarda kasallik asboblar orqali (qoidaga ko‘ra, ular har safar foydalangandan keyin dezinfeksiya qilinishi kerak) hamda kesilgan va o‘z vaqtida tozalab olinmagan soch qoldiqlari orqali o‘tadi.
  • Gerpes virusi – yer sayyorasi aholisining 90% ida uchraydigan infeksiya, u lablarda, burun va og‘iz shilliq qavatlarida, kamdan-kam holatlarda ko‘zlarning burchaklarida, chovda, tirnoqlar yonida davriy toshmalar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Kasallik belgilari oyda bir necha martagacha namoyon bo‘lishi yoki odam immunitetining holatiga qarab umuman namoyon bo‘lmasligi mumkin. Piling, mezoterapiya, lablarning permanent makiyaji va hatto terining sezilarsiz shikastlanishi bilan bog‘liq boshqa protseduralar paytida gerpes virusini yuqtirish xavfi mavjud. Kasallikning oldini olish choralari – asboblarni sterillash va seansdan so‘ng darhol antiseptik vositalardan foydalanish.
  • Tillarang stafilokokk – atrof muhitda keng tarqalgan, odam organizmidan tashqarida 6 oygacha yashash qobiliyatini saqlashga qodir bo‘lgan bakteriya. Infeksiya o‘chog‘iga, masalan, teridagi yoki sochlar asosidagi toshmalarga tekkan asboblar kasallikni yuqtirish manbalari hisoblanadi. Shuningdek quloqlarni teshtirganda, pirsing, tatuirovka qilganda va hatto oddiy soch kesish jarayonida ham kasallikni osongina yuqtirib olish mumkin.
  • V, S gepatiti viruslari. S gepatiti – 350 milliondan ortiq kishini jabrlashga muvaffaq bo‘lgan kasallik, har yili jigar sirrozidan 250 ming kishi hayotdan ko‘z yumadi. Asosiy yuqtirish manbai – qon, kamdan-kam hollarda ter, ko‘z yoshi, axlat, siydik, katta hajmlardagi so‘lak. Virus shilliq qavatlar yoki shikastlangan teri bemorning biologik suyuqliklari bilan kontakt qilganida yuqishi mumkin. Shuni esda saqlash muhimki, virusni yuqtirish uchun tashuvchi qonining 0,0001 ml gacha bo‘lgan juda kam miqdori ham yetarli hisoblanadi, bu infeksiyaning zararlangan jarrohlik, kosmetologik asboblar, tatuirovka uchun ninalar va ustara orqali yuqishini istisno qilmaydi.
  • OIV-infeksiyasi. Bemor kishining biologik suyuqliklari orqali OIV-infeksiyasini ham yuqtirish mumkin. Tatuaj, kesma manikyur va pedikyur yuqtirish nuqtai nazaridan eng xavfli protseduralar hisoblanadi.

Go‘zallik salonlarida mijozlarning biologik materiallari bilan ishlanadi, bu esa har doim ham xavfsiz emas. JSST ma'lumotlariga ko‘ra, Yevropada 1997 yildan 2002 yilgacha bo‘lgan davrda 2000 dan ortiq kosmetika xizmatlarining iste'molchilari B gepatitiga va 500 ga yaqini C gepatitiga chalingan. Mijozlar orasida o‘tkazilgan so‘rovlarga ko‘ra, teri qoplamasining shikastlanishiga ega jarohatlarni 1000 kishidan 600 tasi olar ekan – bu har ikkinchi mijoz degani. Terining mikrojarohatlari va kesilishlari esa – bu zararlangan asbob bilan kontakt tufayli infeksiyani yuqtirish ehtimoli juda yuqori bo‘lgan vaziyat demakdir.

O‘zbekistonda go‘zallik salonlari uchun qanday qoidalar to‘plami amal qiladi?

Sartaroshxonalar mijozlari va xodimlari orasida infeksion va noinfeksion kasalliklar yuzaga kelishi va tarqalishining oldini olish hamda sartaroshxonalarni joylashtirish, ularning tuzilishi, planirovkasi, sanitariya-texnika holatiga qo‘yiladigan asosiy sanitariya-epidemiologiya talablarini belgilash uchun «Sartaroshxonalar tuzilishi, jihozlanishi va saqlanishiga qo‘yiladigan sanitariya-epidemiologiya talablari» (SanQvaN 0305-12) ishlab chiqilgan. Ushbu normativ hujjatda sartaroshxonalarni joylashtirish, profilaktika tadbirlari va dezinfeksiyalash, xodimlarning mehnat va shaxsiy gigiyena sharoitlariga qo‘yiladigan talablar tartibga solingan. Bundan tashqari, V, S virusli gepatiti va OIV-infeksiyasi kabi gemokontaktli infeksiyalar tarqalishi xavfi bilan bog‘liq maishiy xizmat ko‘rsatish muassasalarida idoraviy normativ bazani takomillashtirish maqsadlarida amaldagi normativ hujjatga qo‘shimchalar kiritilgan bo‘lib, ularda asosiy e'tibor teri qoplamalarini shikastlashi mumkin bo‘lgan manipulyatsiyalar (manikyur, pedikyur, yuzni tozalash va boshqa kosmetik xizmatlar) uchun ishlatiladigan asboblarni sterillashga qaratilgan.  

Mamlakatimizda sartaroshxonalar va go‘zallik salonlarining nazorati qay tarzda amalga oshiriladi?

Bugungi kunda Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati inspeksiyasi markazlarining mutaxassislari vakolatli organning ruxsatisiz sartaroshxonalarning sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishini, epidemiyaga qarshi tadbirlarning amalga oshirilishini hamda ulardagi dezinfeksiyalash va sterillash rejimlarini tekshirish huquqiga ega emas, shu bois davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tishni monitoring qilish bilan cheklanadi, xolos.  Ammo 2020 yil 1 martdan boshlab O‘zbekiston Prezidentining 5884-sonli Farmoni kuchga kiradi, uning 10-bandiga ko‘ra xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan savdo va aholiga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan, shu jumladan sartaroshxona va kosmetologiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub'yektlarini olti oyda ko‘pi bilan bir marotaba tekshirishga, nodavlat tibbiy tashkilotlarda litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan ikki yarim yilda ko‘pi bilan bir marotaba tekshirishga ruxsat beriladi.

Salon mijozi asboblarning sterilligini tekshira olmaydi, bu holatda u nima qilishi kerak? Sinovdan o‘tgan ustaga ishonish mumkinmi?  

Go‘zallik saloniga borar ekan, mijoz o‘zini mutaxassisga to‘liq ishonib topshiradi va o‘z xavfsizligi haqida kamdan-kam hollarda o‘ylaydi. Oddiy sanitariyaga amal qilmaslik esa jiddiy oqibatlarga, xususan infeksion kasalliklarni yuqtirishga olib kelishi mumkin. Mana shuning uchun ham muassasa egasi sanitariya normalariga, xususan, sartaroshxona asboblarini dezinfeksiyalash va sterillashda amal qilishga qo‘yiladigan talablarni jiddiy tarzda oshirishi zarur. Afsuski, ko‘plab sartaroshxonalarda, go‘zallik salonlarida mutaxassislarning o‘zlari dezinfeksiyalash va sterillash rejimlariga amal qilish lozimligiga yetarlicha ahamiyat berishmaydi. O‘z navbatida, asboblarni dezinfeksiyalash, sterillash va saqlash qoidalarining buzilishi bir talay muammolarga, xususan, ham mijozlarning, ham ustalarning o‘zining ko‘plab infeksiyalarni yuqtirishiga sababchi bo‘ladi. Bu yerda bir narsani tushunish kerak: mijoz uchun ish boshlashdan oldin aynan uning yonida steril asboblarning olinishi juda ahamiyatli. Agar mijoz salondan norozi bo‘lib chiqsa, unda salonni uning bir o‘zi tark etmaydi, u bilan birga tanishlari, hamkasblari, qarindoshlari ham ketadi. Ushbu holat butun sartaroshchilik biznesiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Chunki aynan mijozlar uning daromadini tashkil qiladi. Shunday ekan, bu muammoda tejamkorlikni qo‘llash mumkin emas.

Ustalar orasida (aynan ular birinchi xavf guruhida!) quyidagi stereotip keng tarqalgan: sterillash – bu qimmat va muammoli jarayon! Ha, bu jarayon moddiy xarajatlarni talab qiladi. Ammo uni go‘zallik salonining bir kunlik tushumi bilan qiyoslash mumkin, buning ustiga u ko‘p marta o‘zini oqlaydi! Hamyonbop muqobil sifatida New Medical Technologies kompaniyasi tibbiy asboblardagi va go‘zallik salonlari ustalarining asboblaridagi viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar va endosporalarni sterillash uchun mo‘ljallangan Safo Nur qurilmasini taklif etadi.

Qurilmada sterillashning kimyoviy «sovuq» usuli qo‘llanadi, u asboblarning ishchi xarakteristikalarini yo‘q qilmasdan ularning to‘liq zararsizlanishini ta'minlaydi, bunda asboblar to‘mtoq bo‘lib qolmaydi va o‘z xususiyatlarini yo‘qotmaydi. Qurilma hamyonbop narxda, benuqson ishlaydi, ishlatilishi oddiy, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun xavfsiz, asboblarga zarar yetkazmaydi hamda kompozit materiallar va turli qotishmalar, plastik, silikon va shishadan tayyorlangan asboblarni sterillash uchun juda mos keladi. Safo Nur qurilmasining ishlash prinsipi tibbiy asboblardagi viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar va endosporalarni inaktivlashtirishdan iborat, uning asosida viruslar tomonidan tsitopatogenlikning yo‘qotilishi yotadi, ya'ni ular ko‘payish va hujayralarni zararlash qobiliyatini yo‘qotadi va oxir-oqibatda nobud bo‘ladi.

Safo Nur qurilmasi O‘zbekiston Respublikasi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini tartibga soluvchi hujjatga muvofiq foydalanishga qo‘yilgan. Safo Nur qurilmasining jahonda analoglari yo‘q. Qurilmaga O‘zbekiston Respublikasi Patent idorasi tomonidan 23.05.2014 yilda IAP05259 patenti berilgan, shuningdek u Yevrosiyo patent idorasi va AQSh patent idorasining patentlariga ega. Bundan tashqari dunyoning boshqa mamlakatlarida ham patentga arizalar taqdim etilgan.

Batafsil ma'lumot uchun:

Sayt: nmt.uz

Telefonlar:
+99898 3007392 (qo‘ng‘iroqlar uchun)
+99890 3512090 (Telegram uchun)

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top