08:16 / 10.01.2020
0
64097

Sergelida yirik yong‘in yuz berdi    

Foto: Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi

2020 yil 10 yanvar kuni soat 00:28da, Sergeli tumani, Lutfikor 1-tor ko‘chasi 1-uyda joylashgan, “Sergeli kichik sanoat zonasi boshqarish direksiyasi” DUK hududida ijarada faoliyat yuritayotgan MChJga qarashli binoning 4-qavatida joylashgan maishiy texnika ishlab chiqarish sexi va binoning tom qismi 900 kv.m. maydonida yongan. 

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabariga ko‘ra, yong‘indan binoning 1000 kv.m. maydonidagi qurilmalari saqlanib qolingan. Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 00:33da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 02:20da qurshab olinib, soat 03:40da o‘chirilgan.

Yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘indan insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.  Yong‘in joyiga 18 ta yong‘in o‘chirish texnikalari jalb qilingan.

Shu munosabat bilan, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obekt rahbar hamda xodimlari, shuningdek, fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etishni so‘ragan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top