10:00 / 10.01.2020
2
37680

YPX inspektori haydovchidan 1 mln so‘m talab qildi

Illyustrativ foto

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Mahkama xabariga ko‘ra, unda Surxondaryo viloyat IIB YHXB YPX inspektori B.X. fuqaro P.J.ning avtomashinasini jarima maydonchasiga qo‘ymaslik, unga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik va jarima tayinlamaslik evaziga 1 mln. so‘mni tamagirlik yo‘li bilan talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan YPX inspektori B.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top