01:11 / 11.01.2020
0
24366

Tramp Eron AQShning to‘rtta elchixonasiga hujum qilishni rejalashtirganini aytdi

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Trampning ta'kidlashicha, AQSh general Qosim Sulaymoniyni yo‘q qilish operatsiyasini o‘tkazayotgan vaqtda Eron Amerikaning to‘rtta elchixonasiga hujum qilishni rejalashtirgan.

"Ochiqlashim mumkin, menimcha, to‘rtta elchixonaga hujum qilish rejalashtirilgandi", dedi Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

Qaysi elchixonalar to‘g‘risidagi savolga Tramp: "Bu Bag‘doddagi elchixona bo‘lishi mumkin edi", deb javob qaytardi. U boshqa elchixonalar to‘g‘risida so‘z yuritmadi.

AQSh Sulaymoniy Amerikaga qarshi hujumlar rejalashtirgani uchun unga qarshi operatsiya o‘tkazganini ma'lum qilgandi. Sulaymoniyning o‘limidan so‘ng Eron AQShning Iroqdagi bazalariga raketa zarbalari berdi. Xabar qilinishicha, zarbalar natijasida hech kim jabr ko‘rmagan.

Mavzu
Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi
Eron tashqi siyosati bunyodkori, Yaqin Sharq bo‘yicha bosh strategi, Eron Islom inqilobi muhofazasi korpusi tarkibidagi «Kuds» maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy Bag‘doddagi aeroportda AQSh prezidenti Donald Tramp farmoyishiga binoan o‘ldirildi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top