07:38 / 11.01.2020
1
69154

Ummon sultoni vafot etdi

Qobus bin Said hokimiyat tepasiga 1970 yilda kelgan. U taxtga voris qoldirmasdan vafot etdi

Foto: Andrew Caballero-Reynolds / AP

Ummonda sulton Qobus bin Said vafot etdi, deya xabar bermoqda Reuters Fors ko‘rfazi sohilida joylashgan mamlakatning ommaviy axborot vositalariga tayangan holda. Sulton 79 yoshda edi.

Sultonning taxtini egallash borasida mushkul vaziyat yuzaga kelishi mumkin, chunki uning bevosita vorislari yo‘q. Shuning uchun kim yangi sulton bo‘lishi haqida qaror uning oilasi a'zolari tomonidan uch kun ichida qabul qilinadi. Agar bu amalga oshmasa, yakuniy so‘z armiya yetakchilari, parlament va oliy sud rahbarini o‘z ichiga olgan davlat kengashida qoladi.

Qobus bin Said Ummonni 1970 yildan beri boshqarib keldi. U 1970 yilda o‘z otasi Said bin Taymurni taxtdan ag‘darib hokimiyatni egallagan. Otasi mamlakatdan chiqib ketib, Buyuk Britaniyaga yo‘l olishga majbur bo‘lgan. Said bin Taymur u yerda 1972 yilda vafot etgan.

2015 yilda sultonda saraton kasalligi aniqlandi. O‘tgan yil oxirida uning ahvoli yaxshilandi va qisqa vaqt davomida sulton davolanish uchun Belgiyaga jo‘nab ketdi. So‘nggi bir necha kun ichida Ummon ommaviy axborot vositalari davlat rahbarining ahvoli barqaror ekanligi haqida xabar berishdi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top