09:30 / 12.01.2020
0
66714

Bir kunda ikki kishini poyezd urib ketdi

10 yanvar kuni Samarqand va Namangan viloyatlaridagi temir yo‘llarda ikki kishini poyezd urib ketdi. Ularning ikkisi ham voqea joyida halok bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti 10 yanvar kuni temir yo‘llarda ro‘y bergan baxsiz hodisalar haqida ma'lumot berdi.

10 yanvar kuni soat 12:25larda yuk poyezdi 20ta vagoni bilan birga G‘uncha shaharchasi hududidan o‘tuvchi «Chortoq-Namangan» bekatlari oralig‘idagi 96 km 2-piketida harakatlanayotgan vaqtida temir yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, 2-guruh nogironi (kar-soqov) 31 yoshli Z.Ya.ni urib yuborgan. Oqibatda Z.Ya. olgan tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyat Transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shu kuni soat 20:50larda 7-sonli «Moskva-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdi «Zarafshon-Jomboy» bekatlari oralig‘idagi 3710 km. harakatlanayotgan vaqtda temir yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyoda 53 yoshli R.B.ni urib yuborgan. Oqibatda R.B. olgan tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyat Transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

«Hurmatli fuqarolar! Sizdan temir yo‘l yaqinida harakatlanayotganingizda yoki yo‘lni kesib o‘tayotganingizda belgilangan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz», deyiladi Tergov departamenti xabarida.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top