10:27 / 13.01.2020
0
7606

Andijonda fuqaro giyohvand moddalarni sotayotgan chog‘ida ushlandi

Foto: IIV axborot xizmati

Joriy yilning 8 yanvar kuni Andijon viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi Jinoyat-qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan olingan tezkor malumotga asosan “Nazorat xarid” tezkor tadbiri o‘tkazilgan.

IIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, unga xolis xaridor sifatida tezkor vakil D.T. jalb qilinib, shu kuni, 1964 yilda tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 125-moddasi bo‘yicha o‘g‘rilik jinoyati sodir etib sudlangan, vaqtincha ishsiz, oilali, 2 nafar farzandi bor, Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumanida yashovchi fuqaro S.Z. xolis xaridorga Jalaquduq tumani, Guruchmozor temir yo‘l bekati 356-kilometrida joylashgan qo‘riqlanadigan temir yo‘l kesishmasi yonida 300 000 so‘m pul evaziga qizil rangli polietilen tselofan paketga solingan, o‘tkir hidli, ko‘kimtir rangli, quruq holdagi o‘simlik barglarini sotgan vaqtida temir yo‘l kesishmasi yaqinida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlandi.

Andijon viloyati IIB EKB katta eksperti kapitan N.Yu.ning 8 yanvardagi xulosasiga ko‘ra, 1 kg 665 gr "marixuana” giyohvand moddasi ekanligi aniqlandi.

Hozirda fuqaro S.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top