17:36 / 13.01.2020
0
11593

Pokiston sobiq prezidenti Musharrafga nisbatan chiqarilgan o‘lim jazosi bekor qilindi

Foto: AP Photo/Anjum Naveed

Loxur oliy sudi Pokiston sobiq prezidenti Parvez Musharraf ishi bo‘yicha maxsus kollegiya tuzilishini "konstitutsiyaga zid" deb topdi va kollegiya chiqargan o‘lim hukmini bekor qildi. Bu haqda Geo TV telekanali xabar berdi.

27 dekabr kuni Musharraf davlatga xiyonat to‘g‘risidagi ish bo‘yicha chiqarilgan hukmga nisbatan Loxur oliy sudiga apellyatsiya bergandi.

17 dekabrya Dawn gazetasi Pokiston maxsus sudi hozirda BAAda bo‘lgan Musharrafni davlatga xiyonatda ayblab uni o‘lim jazosiga hukm qilgandi.

2001-2008 yillarda Pokiston prezidenti bo‘lgan 76 yoshli siyosatchi 2007 yilda konstitutsiyaning amal qilishini to‘xtatib qo‘ygani va mamlakatda favqulodda holat e'lon qilgani uchun aybdor deb topilgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top