11:00 / 15.01.2020
0
27520
Reklama

Toshkent shahrining «Britaniya»sida yashashni istaysizmi? Golden House Greenwich aynan siz uchun!

Foto: Golden House

Shahar markaziga yaqin, barcha qulayliklarga ega, zamonaviy arxitektura va dizayn, ikkita sanuzel, ta'mirlangan tayyor xonadonlarga nima deysiz?

Kimga ham yoqmaydi, to‘g‘rimi?

Bolalar maydonchalari, ishdan keyingi hordiq chiqarish va sayr qilish uchun xiyobonlar, do‘konlar bo‘lsa-chi? Bundan tashqari, xotirjamlik garovi sifatida barcha hudud qo‘riqlanishini xohlarmidingiz?

Endi tasavvur qiling, siz olmoqchi bo‘lgan xonadonlar respublikaga dong‘i ketgan qurilish kompaniyalaridan biri – Golden House tomonidan barpo etilgan bo‘lsa-chi?!

Qani edi, dedingizmi, u holda quyidagi ma'lumotlar ham aynan siz uchun!

Golden House kompaniyasi bugungi kunda xalq e'tiboriga tushgani sir emas. Kompaniya tomonidan barpo qilingan va ayni vaqtda qurilishi faol ravishda davom etayotgan majmualarda xonadonlar sotilmoqda. Ba'zilarida «clearance» (so‘nggi xonadonlarni sotish) savdolari ham ketmoqda.

Keling, dastavval Greenwich – «Britaniya» mavzesi haqida so‘z yuritsak.

8 gektar yer maydoni, 1342 xonadon va 1200 ta avtomobil uchun turargoh.

Bu hali hammasi emas. Maydoni 47 kv.m. dan – 221 kv.m. gacha bo‘lgan so‘nggi talablarda ta'mirlangan zamonaviy xonadonlar Toshkent shahrining Mirobod tumanida, Yangizamon va Sayxun ko‘chalari kesishmasida joylashgan. «Furqat» madaniyat va istirohat bog‘ini topsangiz kifoya, «Britaniya mavzesi»ga bir qadam.

Mavze yirik avtoyo‘l yaqinida joylashgani Toshkentning istalgan nuqtasiga tez va qulay yetib borishingizni kafolatlaydi.

Greenwich majmuasi bekorga «Britaniya mavzesi» deb atalmasligini alohida ta'kidlamoqchimiz. Bu yerda xonadon sohiblarining qulay va xotirjam istiqomat qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo qilinadi. Yerosti va yerusti avtoturargohlar «Yopiq hovli» qoidasiga mos keladi. Uylar oralig‘i shunchalik mukammallik bilan rejalashtirilganki, unda shamol aylanishi ham e'tibordan chetda qolmagan.

Bolalar maydonchalari, 50 metrga 300 metr bo‘lgan xiyobon va infratuzilmalar haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Ha aytgancha, xiyobonda ko‘kalamzorlashtirilgan maydonlar, favvoralar, ayvonlar, o‘rindiqlar va kafelar xizmatingizga shay turadi.

Bu mavzeda sizga ikki toifadagi xonadonlar taklif etiladi. Mavzeda 8 qavatli Business va Comfort tasnifidagi uylar barpo etilmoqda. Barcha xonadonlarning oshxona va mehmonxona derazalari ko‘cha tomonga, yotoqxonalar derazalari esa hovli tomonga qaratilgani ham diqqatga sazovor.

Umumiy maydoni 47-221 kv. metrni tashkil etuvchi 2-3-4 xonali Business tasnifidagi xonadonlar, 2-3-4 xonali Comfort tasnifidagi xonadonlar, 3-8 xonali mansardali xonadonlar aynan sizniki bo‘lishi mumkin.

Shu bilan birga, Business tasnifidagi xonadonlar – White box, ya'ni dastlabki ishlov bilan taqdim etiladi. Uni istagancha ta'mirlashingiz mumkin bo‘ladi.

Narxi 405 mln so‘mdan boshlanuvchi Comfort xonadonlari tayyor ta'mirlangan holda xaridorga taqdim etiladi. Yana bir e'tiborli tomoni, har bir xonadonning o‘z isitish qozoni bo‘ladi, har bir uyga o‘rnatiladigan transformator podstansiyasi elektr ta'minotining uzluksizligini ta'minlaydi.

Diqqat, aksiya!

2020 yil 31 yanvargacha Greenwich turar-joy majmuasidan Comfort yoki Business tasnifidagi xonadonlarni xarid qilib, sovg‘a sifatida quyidagilardan birini qo‘lga kiritish mumkin:

  • Comfort tasnifidagi xonadon xaridorlari – bepul oshxona;
  • Business tasnifidagi xonadon xaridorlari – bezashdan oldingi ta'mir ishlari.

E'tiborlisi, Greenwich turar-joy majmuasi hududida yangi sotuv ofisi va xonadonlarning turlarini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishingiz mumkin bo‘lgan shou-rum tashkil qilingan bo‘lib,  u yerda malakali mutaxassislar xonadonlarning tuzilishini namoyish etishadi hamda sizni qiziqtirgan barcha savollarga javob berishadi. 

Keling, ko‘ring, baho bering! Siz, albatta, xaridorimizga aylanasiz!

Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Yangizamon va Sayxun ko‘chalari kesishmasi

Mo‘ljal: «Furqat» istirohat bog‘i, «Elektroapparat» zavodi

Savdo bo‘limi telefoni: +998 78 150-11-11

Ijtimoiy tarmoqlardagi manzillarimiz:

Telegram: t.me/goldenhouseuz

Facebook: fb.com/goldenhouseuz

Instagram: @goldenhouseuz

Sayt: gh.uz/greenwich

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top