11:52 / 15.01.2020
0
7317

Yakkasaroy tumanida sodir bo‘lgan yong‘inda 78 yoshli erkak halok bo‘ldi

Foto: Toshkent shahar FVB

2020 yil 14 yanvar kuni soat 03:10da, Yakkasaroy tumani, Sh.Rustavli ko‘chasi 30-uy 12-xonadonda uy jihozlari 2 kv.m. maydonida yongan. 

Toshkent shahar FVB xabariga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 03:15da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 03:33da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida 78 yoshli erkak kishi halok bo‘lgan.

Yong‘in mast holda sigareta chekishda ehtiyotsizlik oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in joyiga 3ta yong‘in-qutqaruv texnikasi jalb qilingan.

Toshkent shahar FVB yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etishni so‘rab qolgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top