10:35 / 16.01.2020
1
51570

IIBB Bunyodkor ko‘prigida ro‘y bergan YTH to‘g‘risida rasmiy ma'lumot berdi

Foto: IIBB axborot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Chilonzor tumanida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi aks etgan suratlar tarqaldi. IIBB ushbu holat bo‘yicha ma'lumot berdi.

15 yanvar kuni soat 00:10da 102 raqamiga Bunyodkor ko‘prigida (G‘afur G‘ulom bog‘i ro‘parasida) YTH ro‘y bergani haqida xabar kelib tushgan. Nexia rusumli avtomobilni boshqarib borgan 35 yoshli J.I. boshqaruvni bajara olmasdan, qarama-qarshi harakat yo‘lagiga chiqib ketgan va 38 yoshli A.O. boshqaruvidagi Lifan rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.

YTH natijasida Nexia avtomobili haydovchisi J.I. hamda uning yo‘lovchisi 25 yoshli R.S. turli og‘irlikdagi tan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilayotgani aytiladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top